Янгиликлар
Prokat shartnomasi nima va u qanday shaklda tuziladi?
Prokat shartnomasi nima va u qanday shaklda tuziladi?
O’zbekiston Respublikasi Fuqarlik kodeksining 558-moddasig asosan Prokat shartnomasi bo‘yicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko‘char mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.
Prokat shartnomasi bo‘yicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, iste’mol maqsadlarida foydalaniladi.
Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir.
Fuqarlik kodeksining 559-moddasiga asosan Prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi.
Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qo‘llanmaydi.
Ijaraga oluvchi prokat shartnomasini bajarishni istagan vaqtida rad etishga haqli.
Toshkent tumani
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti F.U.Matkarimov