Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Xodimlarning korxonadagi vakilligi


Xodimlarning korxonadagi vakilligi

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig‘ilishi (konferensiyasi) belgilaydi. Xodimlar vakillik qilishni hamda o‘z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o‘zlari belgilaydilar.

Barcha vakillik organlari o‘z vakolatlari doirasida ish olib boradi va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi.

Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo‘lishi kasaba uyushmalarining o‘z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.

Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas.

Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek ular qonunchilikka zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa — sud tomonidan ham tugatilishi mumkin.

Kasaba uyushmalarining va ulardagi saylab qo‘yiladigan organlarning davlat va xo‘jalik organlari, ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquqlari qonun, ustavlar, jamoa kelishuvlari va shartnomalari bilan belgilanadi.

Mehnat kodeksiga asosan xodimlar vakillik organlarining huquqlari:

Xodimlarning vakillik organlari quyidagilarga haqlidir:

muzokaralar olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzish, ularning bajarilishini tekshirib turish, ish beruvchiga korxonada mehnat to‘g‘risida normativ hujjatlar tayyorlash yuzasidan takliflar kiritish;

korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;

mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish;

ish beruvchi hamda u vakil qilgan shaxslarning qarorlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari yoki boshqa normativ hujjatlarga zid bo‘lsa yoxud xodimlarning huquqlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish.

Vakillik organlari ijtimoiy-mehnat munosabatlarida xodimlarning manfaatlarini himoya etishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar ham, basharti bu xatti-harakatlar qonunchilikka zid bo‘lmasa, qilishlari mumkin.

Xodimlarning vakillik organlari huquqlarining amalga oshirilishi korxonada mehnat samaradorligini pasaytirmasligi, o‘rnatilgan tartib va ish rejimini buzmasligi kerak.

 

Toshkent tumani

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti F.U.Matkarimov