Янгиликлар
Respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi.
Respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkaziladi.
Respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Xatlov natijasiga koʻra ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-avgustgacha seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.
Raxmatov Suxrob Askarovich–
Toshkent tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti