Янгиликлар
Tovlamachilik uchun qanday javobgarlik mavjud?
Tovlamachilik uchun qanday javobgarlik mavjud?
Tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyganlik uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Mazkur jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi belgilangan.
Agarda tovlamachilik ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Raxmatov Suxrob Askarovich–
Toshkent tuman adliya boʻlimi Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti