Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ish beruvchi ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi mumkinmi?


Ish beruvchi ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi mumkinmi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasiga koʻra xodimning arizasiga asosan unga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasiga asosan xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun uning oʻrtacha ish haqi saqlanishi belgilangan.

Biroq, Toshkent tuman hokimining 2019-yil 19-iyundagi Toshkent tumani hokimining “Kelks shahrini Bosh rejaga asosan shaharsozlik talablariga muvofiq arxitekturaiy qiyofasini tubdan yaxshilash va obodonlashtirish masadida Keles yoʻli koʻcha atrofdagi hududlarni tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi 182-sonli farmoyishga asosan ushbu tashkilot faoliyati toʻxtatilganligi sababli xodimlardan oʻz xohishi bilan taʼtil soʻrab yozgan arizalar olingan va ish haqi saqlanmagan holda 12-MTTning qurilishi tuganlaganigacha mehnat taʼtili berilgan.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi hisobidan 12-MTTning 12 nafar xodimlariga oylik ish haqidan qarzdorligini undirib berishini soʻrab, Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudiga ariza kiritilishi taʼminlandi.

 

Toshkent tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi

Raximov Barodar Mustafoyevich