Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ish stajimni toʻliq inobatga olmasligi haqlimi?


Ish stajimni toʻliq inobatga olmasligi haqlimi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.

Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart.

Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga oʻtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga koʻra mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmasligi belgilangan.

Masalan, Toshkent tuman adliya boʻlimi tomonidan Toshkent tumani “Kensoy” MFY, Xayot Nuri koʻchasi, 21-uyda yashovchi fuqaro Rayder Aleksandr Rayngoldovichning 1983-yil 14-apreldan 1986-yil 20-iyungacha va 1999-yil 5-iyuldan to 2002-yil 22-noyabrgacha vaqtda ishlagan davrlari yoshga doir nafaqaga chiqishda pensiya jamgʻarmasi tomonidan hisobga olinmayotganidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida, fuqaro A.R.Rayderni ishlagan davrlarini pensiya olish huquqi paydo boʻlgan davrdan qoʻshish majburiyatini yuklashni yuzasidan Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritildi.

Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining hal qiluv qaroriga asosan fuqaro A.R.Rayderni ishlagan davrlarini pensiya olish huquqi paydo boʻlgan davrdan qoʻshish majburiyatini Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toshkent tuman boʻlimiga yuklatildi.

Toshkent tuman adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi

Raximov Barodar Mustafoyevich