Янгиликлар
Mehnat daftarcha yoʻqolganda qanday tiklash mumkin?
Mehnat daftarcha yoʻqolganda qanday tiklash mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining
296-moddasida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga berilishi koʻrsatilgan.
Shuningdek, arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi koʻrsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yoʻqolgan hujjatlarni tiklab boʻlmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerakligi belgilangan.
Xususan, fuqaro A.M.Mansurovning 1979-yilning 10-sentyabr oyidan 1994-yil 1-iyun oylari davomida sobiq “Tashkentskiy opыtnыy mexanicheskiy remontno-ekskvatornыy zavod” MMBXda slesar, “TASHOBLSELXOZTEXNIKA” SPMKda haydovchi, va “METALOBITREMONT” kombinatlarida slesar va payvandchi lavozimlarida ishlab kelganligi, biroq ishdan boʻshaganda mehnat daftarchasini oʻz vaqtida olmaganligi sababli mehnat daftarchasi yoʻqolganligi maʼlum boʻldi.
Tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro A.M.Mansurovning
1979-yilning 10-sentyabr oyidan 1994-yil 1-iyun oylari davomida, Toshkent tumani “Tashkentskiy opitnыy mexanicheskiy remotno-ekskvatorniy zavod” MMBXda slesar, “TASHOBLSELXOZTEXNIKA” SPMKda haydovchi, va “METALOBITREMONT” kombinatlarida slesar va payvanchi lavozimlarida ishlaganligi haqida yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash yuzasidan Fugarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudiga ariza kiritilidi va sudning hal qiluv qarori bilan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilandi.
Tuman adliya boʻlimi tomoni
yetakchi maslahatchisi
Raximov Barodar Mustafoyevich