Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi kimni hisobidan amalga oshiriladi?


Umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi kimni hisobidan amalga oshiriladi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga muvofiq ish beruvchi umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shartligi, tibbiy koʻrikdan oʻtilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor boʻlmasligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 45-moddasiga koʻra, pedagog xodimlar davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan.

Toshkent tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 18-umumiy taʼlim maktab oʻqituvchilarining 2022-yil 11-avgust kuni yoʻllangan murojaatida ish faoliyati davomida oʻqutuvchilar maktabda pedagog sifatida faoliyat olib borishlari uchun tibbiy koʻriklardan oʻtish uchun Toshkent tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida tibbiy koʻriklardan oʻtish pullik boʻlganligi sababli oʻz mablagʻlari hisobidan oʻtishga majbur boʻlayotganliklari va shu sababli tumandagi tibbiyot muassasalaridan bepul tibbiy koʻriklardan oʻtishlarida amaliy yordam berilishini soʻrab tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.

Toshkent tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 18 umumiy taʼlim maktab oʻqituvchilarini belgilangan tartibda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman Tibbiyot birlashmasi va SEO va JSBga majburiyat yuklash toʻgʻrisida Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritildi.

Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining hal qiluv qaroriga koʻra, Tibbiyot birlashmasi va SEO va JSBga Toshkent tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 18 umumiy taʼlim maktab oʻqituvchilarini belgilangan tartibda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatildi.

 

Toshkent tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi

Raximov Barodar Mustafoyevich