Янгиликлар
Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish tartibi qanday?
Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish tartibi qanday?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga asosan bolalarning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib, bolalar tugʻilgan joyidan yoxud ota-onasidan biri doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bir oy ichida amalga oshirilishi lozim.
Shuningdek, bolaning oʻlik tugʻilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat davomida shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qayd etilishi belgilangan.
Toshkent tuman adliya boʻlimiiga, fuqaro G.I.Safarovaning 2016-yil 20-avgust kuni tugʻilgan farzandi F.Safarovga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olishda amaliy yordam berish haqidagi murojaati kelib tushdi.
Oʻrganish davomida, 7-iyul 2001-yilda tugʻilgan G.I.Safarovani murojaatida Toshkent tumani, Keles shahri, A.Navoiy koʻchasi, 148-xonadonda uy sharoita oʻgʻil jinsli farzand tuqqan boʻlib, farzandiga “Firdavs” nomli ism qoʻygan. Farzandi tugʻilganidan soʻng, Toshkent tuman Sogʻliq saqlash boʻlimiga murojaat qilmagan, tugʻilishni qayd etish toʻgʻrisida birorta huquqiy hujjat rasmiylashtirilmaganligi maʼlum boʻldi.
Shartli ravishda fuqaro F.M.Safarovni onasi 2001-yil 7-iyul kuni tugʻilgan G.I.Safarovadan tugʻilganligi faktini tasdiqlash yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudiga ariza kiritild. Sudni hal qiluv qaroriga asosan 2001-yil 7-iyul kuni tugʻilgan fuqaro F.M.Safarovga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berildi.
Toshkent tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi
Raximov Barodar Mustafoyevich