Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

2023 — 2026-YILLARDA FTIZIATRIYA VA PULMONOLOGIYA XIZMATINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


2023 — 2026-YILLARDA FTIZIATRIYA VA PULMONOLOGIYA XIZMATINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “2023 — 2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-12-son qarori qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ftiziatriya va pulmonologiya kasalliklarini profilaktika qilish, tashxislash, davolash hamda mazkur sohalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha respublikada bosh muassasa hisoblanishi belgilandi. 2023-yil fevraldan boshlab Markaz faoliyatida aralash moliyalashtirish shakli joriy etiladi. 

Shuningdek, ushbu qarorga asosan 2023-yildan boshlab har yil latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha; latent tuberkulyoz infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha; tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning o‘zida 1 va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha; tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafargacha bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash tartibi o’rnatildi.

Toshkent tuman yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova