Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

“MAHALLA BUDJETI” TIZIMINI JORIY ETISH ORQALI MAHALLALARNING MOLIYAVIY IMKONIYATINI YANADA KENGAYTIRISH


“MAHALLA BUDJETI” TIZIMINI JORIY ETISH ORQALI MAHALLALARNING MOLIYAVIY IMKONIYATINI YANADA KENGAYTIRISH

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 26-dekabrdagi “Mahalla budjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-458-son qarori qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra 2023-yil 1-yanvardan boshlab,  tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i (bundan noturar joylar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘i mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tuman budjetlari orqali tegishli Jamg‘armalarga yo‘naltirilishi belgilangan. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-martga qadar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan fuqarolarning o‘zini o‘z boshqarish organi tomonidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish tartibi o’rnatildi. Mazkur qarorga asosan, fuqarolarning o‘zini o‘z boshqarish organi tomonidan “Ochiq budjet” axborot portaliga “Mahalla budjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan va amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq qarzi haqidagi ma’lumotlar joylashtirib boriladi.

Toshkent tuman yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova