Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI MILLIY TA’LIM DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI MILLIY TA’LIM DASTURINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 07-fevraldagi:” O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha tegishlicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etilishi, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxatini shakllantirsin hamda tegishli o‘quv dasturlarini takomillashtirish choralarini ko‘rilishi belgilandi.

         Endilikda ushbu qarorga asosan, 2023-yil 1-iyundan boshlab Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi; nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yo‘nalishlarida faoliyati mazkur shaxslar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkillashtiriladi. Shuningdek, 2023-yil 1-martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.

 

Toshkent tuman yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova