Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2023-yildagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14 farmoni.


Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2023-yildagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14 farmoni.

 

Farmon talablaridan kelib chiqib, farmonda koʻrsatilgan deyarli barcha davlat organlari vaqtinchalik tuzilmalarini va vaqtinchalik shtatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ayni mana shu vaziyatda koʻpincha mehnat shartlarini oʻzgarishi (amaldagi Mehnat kodeksining 89-modda) vaziyatini, shtatlar qisqarishi (amaldagi Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 1-bandi) vaziyatiga adashtirib yuborishi mumkin.

Amaldagi Mehnat kodeksining 89-modda talabiga koʻra agar texnologiyadagi, ishlab chiqarishdagi yoki mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar xodimning ish hususiyatini oʻzgarishiga olib kelsa, ish beruvchi xodimning roziligisiz uning mehnat shartlarini oʻzgartirishga haqli.

Qisqartirish va oʻzgarishni bir-biridan farqini koʻrib chiqish mumkin.

Qisqartirish. Tashkilotda bir boʻlim bor edi. Unda 3 ta xodim: 1 nafar boʻlim boshligʻi, 1 nafar bosh mutaxassis va 1 nafar yetakchi mutaxassis ishlar edi. Yangi shtat jadvali tasdiqlandi va 1 nafar yetakchi mutaxassis lavozimi shtatdan chiqarib tashlandi. Natijada boʻlimda 2 nafar xodim, yaʼni1 nafar boʻlim boshligʻi va 1 nafar bosh mutaxassis qoldi. Bu qisqartirish. Bunday holatda qisqartirishga tushgan xodim amaldagi Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 1-bandi bilan ish beruvchi tashabbusiga koʻra boʻshatilishi mumkin. Yaʼni, xodimga "lavozimingiz qisqarayotganligi sababli, 2 oydan keyin ishdan ketasiz" - deb ogohlantirish beriladi va amaldagi Mehnat kodeksining 100-moddasi bilan ishdan boʻshatishi mumkin.

Oʻzgarish, yaʼni, mehnat shartlarining oʻzgarishi. Tashkilotda bir boʻlim bor edi. Unda 3 ta xodim: 1 ta boʻlim boshligʻi, 1 ta bosh mutaxassis va 1 ta yetakchi mutaxassis ishlayotgandi. Yangi shtat jadvali tasdiqlanganda boʻlimdagi xodimlar soni oʻzgarmadi. Lekin yetakchi mutaxassis lavozimi bosh mutaxassis lavozimiga oʻzgartirildi. 1 nafar boʻlim boshligʻi oʻz oʻrnida qolmoqda va 2 nafar bosh mutaxassis lavozimi boʻlyapti. Aynan mana shu jarayonni, yaʼni yetakchi mutaxassis lavozimining bosh mutaxassis lavozimiga oʻzgarganligi amaldagi Mehnat kodeksining 89-moddasidagi mehnat shartlarini oʻzgarish boʻladi.

Bunday holatda ish beruvchi tomonidan amaldagi Mehnat kodeksining 89-moddasiga muvofiq ish tutilishi lozim. Yaʼni, xodimni alohida buyruq bilan uninng roziligisiz bosh mutaxassislikka oʻtkazib, lavozimini oʻzgartirib qoʻyishga haqli.

 

Toshkent tuman adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti Q.A.Shodiyev