Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23 fevral 2023 yilda “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-son qaror qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23 fevral 2023 yilda “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-son qaror qabul qilindi.

 

Mazkur qarorga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.

- Palata, jumladan, a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.

- 2023 yil 1 fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.

- Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etiladi.

Qarorga ko‘ra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilg‘or tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                         M.Mirxomidov