Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.02.2023 yilda “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–21-son farmon qabul qili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.02.2023 yilda “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–21-son farmon qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:
-kichik tadbirkorlik sub’ektlari:
-yakka tartibdagi tadbirkorlar;
-mikrofirmalar – ta’sischilari jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar;
-kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar;
- o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar;
- yirik tadbirkorlik sub’ektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlar.
2023 yil 1 apreldan:
-1 yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln so‘mgacha) qismi qoplab beriladi;
-daromadi 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;
- davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;
- yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.
2023 yil 1 maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:
-avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
-paxta, g‘alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish bo‘yicha axborot tizimlarining operatorlari o‘z tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.
- Shuningdek, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” so‘m bo‘lgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov