Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tovlamachilik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud


Tovlamachilik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

 

Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yganlik uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

-Mazkur jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi belgilangan.

- Agarda tovlamachilik og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                                  G.Roxmonqulov