Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tibbiy ma’lumotnomalar elektron shaklda beriladi.


Tibbiy ma’lumotnomalar elektron shaklda beriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

 

-2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish;

-vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish.

Bunda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar:

- Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023 yil 1 iyuldan;

- Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023 yil 1 oktabrdan;

- respublikaning boshqa hududlarida – 2024 yil 1 yanvardan elektron shaklga o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.

- 2023 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.

- Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.

- Harakat doirasida aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida o‘z sog‘lig‘i va ovqatlanishini nazorat qilishni o‘rgatish, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mobil ilova yaratish nazarda tutilgan.

Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                        M.Mirxomidov