Янгиликлар
Barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident farmoni loyihasiga (https://t.me/huquqiyaxborot/13172) muvofiq, ta’lim sifatini oshirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
- 2023 yil 1 sentabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda o‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan:
-bosqichma-bosqich yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi;
-respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;
-davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratiladi.
- 2023 yil 1 apreldan maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida:
-yangi davlat bog‘chalarini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi;
-davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bog‘chani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinadi.
Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov