Янгиликлар
Avtotransportni boshqarishga beriladigan elektron ishonchnoma uchun davlat boji uning muddatiga bog‘liq
Avtotransportni boshqarishga beriladigan elektron ishonchnoma uchun davlat boji uning muddatiga bog‘liq
Elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun o‘rnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undirilishi belgilangan:
-1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 foiz;
-6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 foiz;
-3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 foiz.
-Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Ma’lumot uchun: Ishonchnomalarni my.gov.uz orqali elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov