Янгиликлар
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi
Vazirlar Maxkamasining 02.02.2023 yildagi 50-son qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
- Mazkur nizomga ko‘ra, qishlok xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish ob’ekti hisoblanadi.
- Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.
- Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:
-yerning tuzilishi buzilmagan;
-antropogen ta’sirda buzilgan;
-degradatsiyaga uchramagan;
-kuchsiz degradatsiyalangan;
-o‘rta degradatsiyalangan;
-kuchli degradatsiyalangan;
-o‘ta kuchli degradatsiyalangan.
- Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.
- Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov