Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xizmat safariga borganda kundalik xarajatlar uchun haq to`lash


Xizmat safariga borganda kundalik xarajatlar uchun haq to`lash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomning 20-bandiga ko’ra, xizmat safariga yuborilgan xodim o‘zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi.

Xodimning xizmat safariga yuborilgan joydan o‘zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi.

Demak, konkret masofa belgilanmagan. Bu masala xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi ekan.

 

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov