Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Mehnat shartnomasini elektron tuzish


Mehnat shartnomasini elektron tuzish

Mehnat kodeksi 74-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Biroq shartnomaning yozma shakli deganda faqat qog’oz shaklidagi shartnomani tushunmasligimiz lozim. Buni quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslashga harakat qilamiz.

Fuqarolik kodeksi 366-moddasiga (Shartnomaning shakli) ko’ra, yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunning (Qonun yangi qabul qilingan, 14.01.2023 dan kuchga kirdi) 4-moddasiga (Elektron raqamli imzoning va qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzoning bir xil ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etish shartlari) ko’ra, bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga qo‘lda shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi, agar:

✅ elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlangan bo‘lsa;

✅ elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash paytida yoxud imzolash paytini belgilovchi dalillar mavjud bo‘lganda elektron hujjatni imzolash paytida amalda bo‘lsa;

✅ elektron raqamli imzodan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanilayotgan bo‘lsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda, yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi.

"Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida"gi Qonunning 4-moddasiga (Elektron hujjat aylanishi) ko'ra, elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.

Demak, yuqoridagi qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya qilinsa, mehnat shartnomasini elektron tuzish mumkin.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov