Янгиликлар
BOLANING ISMI SHARIFI ONA-ONA KELISHUVIGA KO‘RA BERILADI.
BOLANING ISMI SHARIFI ONA-ONA KELISHUVIGA KO‘RA BERILADI.
Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy an'analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa — konsul tomonidan hal etiladi.
Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, To‘xtamurodjon, Gulira'no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Roza-Mariya).
Bolaning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga kelgusida uning sha'ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda paydo bo‘lgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Bolaning ota ismi uning otasining ismiga ko‘ra beriladi.
Otasi haqida ma'lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zgartirishsiz yoziladi.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida «Otasi» va «Onasi» ustunlarini ochiq qoldirish qat'iyan man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni 15-moddasiga asosan agar otaning familiyasi, ismi va ota ismida imlo xatoliklari mavjud bo‘lsa, ota-onaning xohishiga ko‘ra bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi imlo xatoliklari bartaraf etilgan holda qayd qilinishi mumkin.
Bolaning familiyasiga «-ev», «-ov», «-eva», «-ova» kabi hamda ota ismiga «-evich», «-ovich», «-evna», «-ovna», «qizi», «o‘g‘li», «-iy», «-xon», «-xo‘ja», «-xoji», «-bek», «-zoda», «mir-», «abdu-» kabi qo‘shimchalarini kiritish yoki shu kabi qo‘shimchalarni olib tashlash orqali tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkin.
Foydalanilgan manba. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qaroriga 1-ILOVA Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish QOIDALARI.
Bekobod shahar FHDYo mudirasi M.Fayziyeva