Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

VOYAGA YETMAGANLARNING TIBBIY HUQUQLARI QONUN BILAN KAFOLATLANADI.


VOYAGA YETMAGANLARNING TIBBIY HUQUQLARI QONUN BILAN KAFOLATLANADI.

         Qonuchiligimizda davlat tomonidan voyaga yetmaganlarning sog‘liqni saqlash huquqlarini ta'minlanishi bilan bog‘liq tari qoidalar belgilab qo‘yilgan. .

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra voyaga yetmaganlar quyidagi huquqlarga ega:

         Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida bo‘lish hamda bolalar va o‘smirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;

         sanitariya-gigiyena ta'limi olish, o‘qish hamda o‘zlarining fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘iga mos sharoitlarda mehnat qilish;

         kasbga yaroqliligini aniqlash chog‘ida byudjet mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish;

         sog‘liqlari to‘g‘risida o‘zlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish.

         O‘n to‘rt yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar ma'lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

        Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra byudjet mablag‘lari, xayriya jamg‘armalari va boshqa fondlarning mablag‘lari, shuningdek ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoya tizimi muassasalarida yashashlari mumkin.

         Ota-onalar yoki boshqa shaxslarning o‘z tarbiyasidagi voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini buzishlari, ularni tarbiyalashdan bo‘yin tovlashlari, voyaga yetmaganlar bilan ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan darajada shafqatsiz munosabatda bo‘lishlari qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi

bosh maslahatchisi                                                                    Sh.Malikov