Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Gaz quvurlari va gaz xo’jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibi.


Gaz quvurlari va gaz xo’jaligining gaz iste’mol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, ta’mirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 05-oktabr “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi 566-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi davlat xizmatini ko’rsatuvchi subyekt hisoblanadi. Murojaatlar “Litsenziya”AT license.gov.uz yoki yagona interaktiv xizmatlar portal (YIDXP) my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

Arizani ko’rib chiqish uchun BHMning ikki baravari, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun BHMning ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi.

Ariza 10 kunda ko’rib chiqiladi.

Ruxsatnoma amal qilish muddati: 1 yil

Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi M.Abdraimov