Янгиликлар
"Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa"
"Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa"
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs
Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
-yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi;
-Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi;
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kuni;
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.
Angren shahar DXM servis menejeri F.Xodjamberdiyeva.