Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibi haqida ma’lumot.


Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibi haqida ma’lumot.

 

«Litsenziya» axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya olishga ariza yuborish mumkin.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 30 kun.

Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan yagona nizom.

Angren shahar DXM bo’lim boshlig’i Z.Malikov