Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun 30-moddasiga ko’ra, ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda


Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun 30-moddasiga ko’ra, ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshishi mumkin emas.

Zarur bo‘lgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni o‘tashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.

Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.

Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqo‘shin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish o‘rniga xizmatni o‘tash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik o‘tash belgilanishini nazarda tutadi.

Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlarining xodimlariga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur bo‘lgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qo‘shilgan holda davomiyligi    30 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi ta’til beriladi.

Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun:

o‘n yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi 5 kun;

o‘n besh yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi 10 kun;

yigirma yillik xizmatdan so‘ng — davomiyligi 15 kun bo‘lgan, haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

Ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa turdagi ta’tillar ham berilishi mumkin.

Ichki ishlar organlarining xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga 1-ilova “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ichki ishlar organlari xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari kursant (tinglovchi)larining xizmat o‘tash tartibini belgilaydi.

Chinoz tuman adliya bo‘limi yuridik

xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti

A.Teshaboev