Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

FHDYo tizimidagi eng qadimiy hujjat nechanchi yilga doir va ayni paytga qadar hujjatlarning necha foizi raqamlashtirilgan?


FHDYo tizimidagi eng qadimiy hujjat nechanchi yilga doir va ayni paytga qadar hujjatlarning necha foizi raqamlashtirilgan?

– FHDYo tizimida raqamlashtirish 2018 yildan prezidentning «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan boshlangan. Dastlab 147ta arxivarius shtati bilan boshlaganmiz. Bugungi kunga kelib 70 milliondan ortiq fuqarolarning dalolatnoma holatlari yozuvlari nusxalari mavjud. Ularning 68 foizi raqamlashtirilgan.

FHDYo organlarida eng qadimiy hujjat 1919 yildagi dalolatnoma yozuvlariga borib taqaladi.

– Ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lgan savolni beraman, ya'ni ism qo‘yish. Ota-ona farzandiga xalqimiz uchun noodatiy, aniq xato bilan ism qo‘ysa yoki shu shaklda bo‘lishini istasa, nima qilinadi? Rad etiladimi, tavsiya beriladimi yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadimi?

– Buni ham inkor eta olmaymiz. Kimdir futbolchi yoki kino aktyorining muxlisi bo‘ladi. Fanatizm degan tushuncha bor, shundan kelib chiqib, farzandlariga mashhur insonlarning ismini qo‘yishmoqda. Farzandlariga ism qo‘yish huquqlarini cheklamagan holda ularga bunday ismlarni qo‘yishga ruxsat beriladi.

– Hududlarda bu soha uchun kadrlar yetarlimi, ularning malaka toifalarini oshirish uchun nimalar qilinmoqda?

– Albatta, hamma sohadagi ishlarning rivojini kadrlar belgilaydi va o‘ylaymanki, tizimda jonkuyar va fidoyi kadrlar yetarli. Shuningdek, tizimdagi kadrlarni bilimi, tajribasi va malaka toifalarini oshirish uchun Davlat xizmatlari agentligi tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi tuzilib, ushbu rejaga asosan Respublika yuristlar malakasini oshirish markazida muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.

– Albatta, moliyaviy rag‘batlantirish xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga vijdonan va sidqidildan yondashishlariga turtki bo‘ladi. Shu bois, FHDYo organlari xodimlarining mehnatiga adolatli haq to‘lash choralari ko‘rilmoqda. Bu haqida FHDYo organlari mas'ul xodimlari bilan uchrashuvlarda, o‘tkaziladigan yig‘ilishlar davomida ma'lumotlar bir necha bor yetkazilgan. Xususan, FHDYo bo‘limlari xodimlarining oylik ish haqini oshirish, ularga ustamalar belgilash hamda sohani takomillashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hukumat qarori imzolandi. Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:

– FHDYo bo‘limlarining tuman (shahar) hokimliklari tasarrufida bo‘lgan davri, martaba darajasi berish va ustamalarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shish;

– FHDYo organlari xodimlari mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra Agentlikning hududiy boshqarmalari bo‘limlari xodimlariga, ya'ni FHDYo organi mudiri – bo‘lim boshlig‘iga, 1-toifali inspektor – bosh mutaxassisga, 2-toifali inspektor – yetakchi mutaxassisga tenglashtirilishi va boshqa o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan.

– 2020 yil 4 avgustdagi «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bo‘yicha Agentlik va FHDYolarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirish bersangiz.

– Albatta, bugun barcha sohalar dunyodagi trendlar bilan hamnafas bo‘lishi uchun avvalambor raqamlashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. FHDYo sohasi ham bundan mustasno emas. Raqamlashtirish — davlat xizmatlarini olishni soddalashtirish demak. Bu borada yurtboshimiz tomonidan Agentlik sohasiga berilgan e'tibor tufayli DXA tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamli ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha ishlar ancha oldin boshlab qo‘yilgan.

Hozirgi kunda «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimiga FHDYo organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalarini shakllantirishni to‘liq yakunlash uchun qo‘shimcha xodimlar ishga jalb etilgan. Ular orgtexnika vositalari, ofis jihozlari, kanselyariya tovarlari bilan ta'minlandi. Axborot tizimiga kiritish ishlari yakunlangan tuman (shahar)larda tizimdagi dalolatnoma yozuvlariga JShShIR (ya'ni, PINFL) biriktirish ishlari boshlanadi. Natijada hozirda mamlakatimiz bo‘yicha 38 millionta (ya'ni 68 foizdan ortiq) dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirilib, «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritilgan. Toshkent shahrida nikoh va nikohdan ajralganlik haqida arxiv hujjatlari to‘liq raqamlashtirilgani bois, ushbu ma'lumotlarni onlayn tarzda olish imkoni yaratildi.

 

Toshkent viloyati Chinoz tumani FHDYo mudirasi Satvaldiyeva Gulnoza,