Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

FHDYo idoralarining DXA tasarrufiga o‘tkazilishi tizim xodimlariga va aholiga qanday qulayliklar bermoqda?


FHDYo idoralarining DXA tasarrufiga o‘tkazilishi tizim xodimlariga va aholiga qanday qulayliklar bermoqda?

– Xizmatlarni ko‘rsatish qulay, tez va shaffof bo‘ladi, chunki respublika bo‘yicha shu sohaga tegishli ma'lumotlar olish kerak bo‘lga barcha vazirlik, idora va muassasalar bilan ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan tizim yaratilgan.

Elektron va onlayn qabullar tashkil etilgani va FHDYo bo‘limida mavjud ko‘p turdagi arizalar xodim tomonidan elektron ravishda to‘ldirilishi va faqat fuqaro tanishib chiqib imzo qo‘yishi sababli fuqarolarning kutish uchun ketgan vaqti keskin qisqaradi (ilgari yarim, hattoki bir kun o‘tirib qabulga kirolmasdan ketish hollari bo‘lgan).

Bunda tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va boshqa turdagi gerbli guvohnomalarni elektron ravishda to‘ldiriladi, barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari elektron ravishda «FHDYo Yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritiladi.

Respublikadagi FHDYo bo‘limlari, viloyat FHDYo arxivlaridan tug‘ilganligi qayd etilmaganligi, nikohda turmasligi haqidagi ma'lumotlarni (71-shakl deyiladi) eksterritorial tartibda Davlat xizmatlari markazlari orqali olinishi tartib bilan belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, to‘lovlar billing invoys orqali to‘lanishi sababli uzoqda joylashgan bank yoki kassaga borish uchun vaqt sarflanmaydi. Elektron tizim yo‘lga qo‘yilgani sababli tibbiyot muassasalari bilan, tug‘ruqxonada bola tug‘ilishi bilan elektron ravishda FHDYo bo‘limiga ona va bola haqidagi ma'lumotlar yetib kelishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu jumladan, vafot etgan shaxslarning ham o‘lim haqidagi tibbiy ma'lumotlari tibbiyot muassasalari tomonidan elektron ravishda yuborish joriy qilindi.

– Yuqorida aytib o‘tganimday, samarali elektron tizim yaratilgani sababli fuqarolar o‘ziga va yaqinlariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni izlashi uchun bir nechta joyga borib bir kun xattoki yillar davomida yugurishi barham berildi. Shuningdek, aholining asabiga tegadigan keraksiz qog‘ozbozlik kamaydi, vaqt tejalishiga sharoit yaratildi.

Shuningdek, faqatgina tizim orqali ishlash bilan cheklanmasdan, nikohni bekor qilish maqsadida murojaat qilgan yoshlar, oilalarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oilani saqlash, mazkur oila yashaydigan mahallalarni ushbu oila nikohni bekor qilish masalasida murojaat qilgani haqida ogohlantirish, oila a'zolari bilan suhbatlar o‘tkazish tartiblari joriy qilindi. Bu esa o‘z navbatida oilalar bilan ularning muammolarini nikohni bekor qilmasdan hal etish imkoniyatini yoshlarga ko‘rsatib berish uchun zamin yaratadi.

Toshken viloyati Chinoz tumani FHDYo mudirasi Satvaldiyeva Gulnoza,