Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:


Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:

 

oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

▫️chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

▫️bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;

qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

01.02.2023-yildan "Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan "Elektron advokatlik orderi"ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda, advokat soʻrovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni koʻrib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qoʻyilgan "Elektron advokatlik orderi" orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.

Order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni "Yuridik yordam" axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.

Advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi maslahatchisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich