Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Eski namunadagi haydovchilik guvoxnomani almashtirish uchun online buyurtma berish


Eski namunadagi haydovchilik guvoxnomani almashtirish uchun online buyurtma berish

 

Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizmi o‘rnatilgan.

Bu xozirgi kunda eng ko`p berilayot savollardan biri,chunki yana besh oydan so`ng eski namunadagi haydovchilik guvoxnomalari yaroqsiz bo`lib qoladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) eski namunadagi milliy xaydovchilik guvoxnomalarini yangi turdagisiga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Shuningdek yangi milliy haydovchilik guvoxnomasini olish uchun to`lovni elektron tarzda amalga oshirsa bo`ladi . Yagona portal orqali ariza yuborgach davlat xizmatlari markazlarida bu muaammolar xal bo`ladi

O`zingiz bilan quyidagi hujjatlarni taqdim qilasiz : Fuqarolik passport, Eski xaydovchilik guvoxnomasi va talon,Yangi milliy haydovchilik guvoxnomasini olish uchun to`lov to`langanligini tasdiqlovchi to`lov qo`g`ozi.

Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

D.Kadirova

Chinoz tuman adliya bo’limi

davlat xizmatlari markazi xodimi