Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatida


Davlat xizmatlari markazi xalq xizmatida

 

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini isloh qilish va aholining keng qatlamiga yetkazish borasida Muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 12 dekabrda imzo chekkan “Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF5278-son Farmoni davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida muhim bir asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur Farmonning qabul qilinishi hozirgi kunda, jismoniy va yuridik shahslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yuqorida keltirib o‘tilgan Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan yuridik hamda jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha, shuningdek, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga ko‘ra zarur hujjatlar va axborotlarni tegishli tuzilmalardan mustaqil ravishda olinishi xisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi ma’muriy reglamentlar tasdiqlangan bo‘lib, qulay va shaffof uslublardan keng foydalanib davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, markazimiz tomonidan tumanning ko‘plab hududlarida aholi bilan Davlat xizmatlari markazining vazifasi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, mazkur tashkilot fuqarolarimizga qanday yordam berishi mumkunligi va albatta davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati to‘g‘risida muntazam ravishda keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Prezidentimiz joriy yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazida fuqarolarimizga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqish jarayonida “Davlat xizmatlari markazi orqali odamlar davlatning e’tiborini sezishi kerak”, — degan g‘oyani ilgari surdi. Shuningdek, davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish ko‘nikmalarini mahallalarda, shuningdek, yoshlar o‘rtasida shakllantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishida o‘zining tajribasi va natijasini ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlandi.

Endilikda, markazimiz tomonidan DXM — MAHALLA — FUQARO tamoyiliga alohida e’tibor qaratilib, davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini mahallalarda shakllantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xulosa qilib aytganda Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.

 

J.Ahmedov

Chinoz tuman adliya bo’limi davlat

xizmatlari markazi bosh mutaxassisi