Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kadastr pasportini olish tartibi


Kadastr pasportini olish tartibi

 

Ma’lumki so‘ngi vaqtlarda davlat xizmatlari markazlari jadal sur’atlarda o‘sib, ko‘rsatiladigan xizmatlar soni tobora ortib bormoqda. Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizmi o‘rnatilib, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarga bosqichma-bosqich davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy ko‘rinishdagi usullari joriy etilmoqda va davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari qisqartirilmoqda.

Xususan, «Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020 yil​) qabul qilingan. Qaror bilan Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Unga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi. Kadastr pasportini tayyorlash:

— ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

—​ ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;

—​ yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

(ilgari bu muddat tegishlicha 7, 10 kun edi)

—​ ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

—​ umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;

—​ umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;

—​ umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;

Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi. Kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun narxlar:

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — Obektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda;

Yakka tartibdagi turar-joy — Obektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda;

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

— ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

—​ ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

—​ kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda). Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

 

 

J.Ahmedov

Chinoz tuman adliya bo’limi davlat

xizmatlari markazi bosh mutaxassisi