Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Lizing shartnomasi haqida


Lizing shartnomasi haqida

Lizingbu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.

Lizing bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.

Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.

Maxsus uskunalar, transport vositalari, ko‘chmas mulk yoki biznes jihozlariga muhtoj yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar lizingdan foydalanadi. Agar Sizga mashina kerak bo‘lsa, Siz jismoniy shaxs sifatida ham lizingni olish imkoniyatiga egasiz.

O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).

Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.

O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi: Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining 20-30%ni tashkil etadi; Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.

Chinoz tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.K.Muhammadiyev