Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlanadi


Tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar

qoʻllab-quvvatlanadi

 

“Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha:

tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qoʻyilgan meʼyor 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;

yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 9 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi.

2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha tegishli mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

Shuningdek, Prezident qarorida nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

 

 

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti

D.Nurullayev