Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

BIR VAQTNING OʻZIDA HAM TEXNIKUMDA HAM NODAVLAT OLIYGOHDA OʻQISH MUMKINMI?


BIR VAQTNING OʻZIDA HAM TEXNIKUMDA HAM NODAVLAT OLIYGOHDA OʻQISH MUMKINMI?

JAVOB:

Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq bir vaqtning oʻzida ikkita taʼlim shaklida tahsil olish mumkin emas.

Shu tufayli, siz yo texnikumni yoki nodavlat universitetni tanlashingiz lozim.

Agar siz ikki taʼlim shaklidan birini tanlasangiz, unda sizning oʻqish davringizda ish joyingizdan qoʻshimcha haq toʻlanadigan taʼtil beriladi.

Mehnat kodeksining 256-moddasiga asosan bunday vaqtda xodimga qoʻshimcha taʼtil beriladi. Yaʼni bu davrda ish saqlanmaydi, akincha oʻqish davrida xodim qoʻshimcha haq toʻlanadigan taʼtil oladi.

Ushbu qoidaga muvofiq oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan taʼlim olayotganlarga esa, har yili kamida oʻttiz kalendar kun oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha taʼtillar beriladi.

Navbatdagi masalaga kelsak, siz ish joyingizdan Mehnat kodeksi 150-moddasiga asosan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan taʼtil olishingiz mumkin. Buning uchun ish beruvchi nomiga ariza yozishingiz yetarli boʻladi.

Biroq texnikumda bunday taʼtil mavjud emas.

Shuning uchun texnikumdagi oʻqish davrida darslarni 72 soat qoldiradigan boʻlsangiz talabalar safidan chiqarilishingiz mumkin.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                 A.Umarov