Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Aliment bo‘yicha kelishuv haqida bilasizmi ?


Aliment bo‘yicha kelishuv haqida bilasizmi ?

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-son qaroriga ilovada, Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” Nizom mavjud.

Ushbu Nizom voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar ta'minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini ta'minlashda garov shartnomasini tuzish tartibini belgilaydi.

Nizomning 26-bandida belgilanishicha, agar qarzdorning ish haqi yoki boshqa daromadi oldindan to‘langan alimentlar summasiga nisbatan ko‘proq miqdorda to‘lash imkonini bersa, undiruvchi alimentlar oldindan to‘langan davr yakunlangunga qadar qarzdor uchun aliment majburiyatlarining umumiy tartibini belgilash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Mazkur ariza sud tomonidan sud qarorlarini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Aliment majburiyatlarini umumiy tartibda belgilash to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilganda, oldindan to‘langan aliment to‘lovlari qaytarilmaydi, umumiy tartibda to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment hisobiga o‘tkaziladi. Bunda davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari umumiy tartibda qo‘llaniladi.

Demak, turmush o‘rtog‘ingiz oldindan to‘langan davr yakunlangunga qadar ham aliment majburiyatlarining umumiy tartibini belgilash bo‘yicha sudga murojaat qilishga haqli.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi YuXKM bosh yuristkonsul'ti

Ulug‘bek Fayzullaev