Янгиликлар
Ish joyi ega bo‘lmagan shaxs tomonidan to‘ladigan aliment miqdori
Ish joyi ega bo‘lmagan shaxs tomonidan to‘ladigan aliment miqdori
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir kismi; ikki bola uchun — uchdan bir kismi; uch va undan ortik bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyik holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, bir nafar voyaga yetmagan farzand uchun ota yoki onaning ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ kismi miqdorida aliment undirladi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, xar bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta'minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni ko‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga muvofik aliment undirish haqida sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i chiqkan paytda qarzdor hyech kaerda ishlamasa yoki uning ish haqi va boshqa daromadlarini tasdiklovchi hujjat mavjud bo‘lmasa, unga nisbatan aliment O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, siz aytgandek alement anik miqdorda chiqmasdan u qarzdorning ish faoliyatiga bog‘lik ravishda hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori har bir viloyatda turli xilda belgilanadi va bu miqdor o‘zgarib turadi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
Zafar Jumonov