Янгиликлар
Pensiyaga chiqqan fuqarolarning ishlash huquqi
Pensiyaga chiqqan fuqarolarning ishlash huquqi
“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4235-son 07.03.2019 O‘zbekiston Respublikasinii Qonuni qabul qilingan edi. Mazkur Qonun xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida qabul qilindi.
Xususan, Qonunning 1 bandiga ko‘ra, 2019 yil 1 maydan boshlab ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi. Bu vaziyatda, ish beruvchi ayol xodimlarning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan u bilan mehnat shartnomasining o‘z tashabbusiga ko‘ra mexnat kodeksining 100-modda 2-qism 7-bandiga ko‘ra bekor qilishi mumkin emas.
Shuni yodda saklangki, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish dalillari bo‘yicha siz tashkilotingiz harakatlarining mehnat qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish talabi bilan Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga yoki mehnat qonunchiligining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni amalga oshiradigan prokuratura organlariga murojaat qilishga huquqingiz bor.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi DHM xodimi
Xurshida Bakirova