Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: milliy va xorijiy tajriba


Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: milliy va xorijiy tajriba

Konstitutsiyada Ozbekiston ekologik taraqqiyot strategiyasining asosiy qoidalari, ekologik va aholining ekologik xavfsizligiga doir talablar belgilangan bolib, ushbu siyosiy-huquqiy hujjat mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish boyicha eng muhim va asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Ma'lumki, konstitutsiyaviy normalarning ekologik siyosatni amalga oshirishdagi orni va ahamiyati beqiyos. Aynan Asosiy qonunda davlat organlari va jamoat birlashmalarining ekologik faoliyatini shakllantirish boyicha asosiy prinsiplari mustahkamlanadi, fuqarolarning ekologik burchlari belgilanadi, jamiyatning ekologik barqaror rivojlanishining ustuvor yonalishlari ornatiladi va h.k.

Konstitutsiyaviy normalar tizimi jamiyat va tabiatning ozaro aloqasi chogida yuzaga keladigan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tavsifidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki qismgaumumiy va maxsus ekologik normalarga bolinishi mumkin.

Umumiy konstitutsiyaviy normalar demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilashda, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda, ekologik huquq-tartibotni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xususan, Konstitutsiyamizning 10-bobi inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlariga bagishlangan bolib, unda davlatning fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan (shu jumladan ekologik) huquqlarini kafolatlashi belgilangan.

Shuningdek, Asosiy Qomusimizning beshinchi bolimida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy qoidalari belgilangan bolib, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va shu sohadagi davlat organlarining tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bolib xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bolib, ushbu normalar mazkur organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos boladi.

Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar togridan-togri tartibga solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bolgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Shu orinda amerikalik huquqshunoslar mamlakat Konstitutsiyasini ekologiya huquqi normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bolib xizmat qiluvchibilvosita manbasifatida ta'riflaydilar. AQShning ekologik qonunchilikni ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim bolgan barcha umumiy konstitutsiyaviy normalarini uch yirik guruhga ajratishimiz mumkin: 1) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish boyicha Kongress vakolatlarini belgilovchi normalar; 2) ushbu vakolatni chegaralovchi normalar; 3) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasini huquqiy tartibga solishga ta'sir korsatishi mumkin bolgan fuqarolarning huquqlariga oid normalar. AQSh ekologik qonunchiligida asosiy orinni konstitutsiyaviy qoidalarni sud sharhi egallaydi hamda u ekologik munosabatlarni har qanday sohada qollashni nazarda tutadi.

AQSh Konstitutsiyasidan farqli ravishda mamlakatimiz Asosiy qonunida ijtimoiy-siyosiy tusdagi normalar bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus ekologik me'yorlar ham mavjud. Chunonchi, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus ekologik normalari tizimi quyidagicha: fuqarolarning ekologik burchi (50-modda); mulkdan foydalanishning ekologik talablari (54-modda); davlat ekologik siyosatini amalga oshirish prinsiplarini belgilab beruvchi normalar (55-modda); mahalliy hokimiyat organlarining ekologiya sohasidagi vakolatlari (100-modda).

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga muvofiq, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolishga majburdirlar. Ushbu normaning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, unda birinchidan, fuqarolarning ekologik burchi Konstitutsiya darajasida mustahkamlangan; ikkinchidan, atrof tabiiy muhit tushunchasining yuridik mazmunidan kelib chiqib, Konstitutsiyaning ushbu normasi nafaqat fuqarolarning tabiatni muhofaza qilish, balki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish majburiyatini ham nazarda tutadi.

Asosiy Qonunimizning 54-moddasida belgilanishicha, mulkdor mulkiga oz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

Ushbu normaning oziga xos xususiyati shundaki, unda mulk huquqi, xususan tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi mazmunini belgilovchi mulkdor vakolatlari tartibga solingan hamda bunday xojalik va ishlab chiqarish faoliyati atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi kabi talab mustahkamlangan.

Davlat ekologik siyosatining asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Ushbu konstitutsiyaviy norma davlat ekologik faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplarini ifodalaydi:

Birinchidan, respublika tabiiy resurslari umummilliy boylik hisoblanadi, ya'ni yuridik ma'noda ular xalq mulkini tashkil etadi hamda ular nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida ish yuritadi.

Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat'iy rioya etgan holda foydalanish tushuniladi.

Uchinchidan, tabiat ob'ektlari va resurslari davlat tomonidan qo‘riqlanadi. Bu davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta'minlashini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfaatlariga, shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.

Konstitutsiyamizning 100-moddasida esa, mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vakolatlari sanalgan bo‘lib, ushbu vakillik organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida o‘z hududida “atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish” bo‘yicha vakolatlari mustahkamlangan. Ushbu normaning ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, u atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilab beradi; ikkinchidan, barcha darajadagi hokimlarga o‘z hududi doirasida ekologik qonunchilikka rioya etilishi borasida shaxsan javobgarlik ma'suliyatini yuklaydi.

 

 

Bir qator xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarining tahlili ularda ekologik-huquqiy normalar turlicha tartibga solinganligidan guvohlik beradi. Xususan:

1. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarida davlatning tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash singari mustaqil funksiyalari mavjudligi mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasining 15-moddasi, Bolgariya Konstitutsiyasining 31-moddasi va b.q.).

2. Tabiiy ob'ektlar va resurslarga nisbatan davlatning mutlaq mulk huquqi belgilab qo‘yilgan (Vengriya Konstitutsiyasining 8-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasining 12-moddasi va b.q.).

3. Xalq xo‘jaligini va tabiatdan foydalanishni rivojlantirishda xalq xo‘jaligini rejalashtirish, xom-ashyo va resurslarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olish, ularning rejali taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish kabi normalar mustahkamlab qo‘yilgan. (Vengriya Konstitutsiyasining 7-moddasi va sh.k.).

4. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va majburiyatlarini shakllantirish. Ayni damda ta'kidlash o‘rinliki, ko‘p hollarda fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitda yashash huquqi ayni damda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish majburiyati bilan bog‘lanadi (GFR Konstitutsiyasining 34-moddasi va sh.k.).

5. Tabiatni muhofaza qilishda jamoat birlashmalari va harakatlarning o‘rni mustahkamlangan (GFR Konstitutsiyasi 29-moddasi, Ruminiya Konstitutsiyasi 24-moddasi va b.q.).

6. Davlatning mamlakat va jamiyatning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki va tashqi siyosatiga oid prinsiplarining yaxlitligi (Vengriya Konstitutsiyasining 20-moddasi va h.k.).

Shuningdek, Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Litva, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Estoniya kabi davlatlarda fuqarolar va davlatning ekologiya sohasidagi huquq va majburiyatlari aniq-ravshan belgilab berilgan. Xususan, Gretsiya Konstitutsiyasi (1975 y.) 24-moddasida “Tabiiy va madaniy atrof muhitni muhofaza qilish davlatning majburiyati hisoblanadi”, deb belgilangan. Avstriyada esa, “Atrof muhitni har tomonlama muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Federal Konstitutsiyaviy qonun (1920 y.) amal qilishi ushbu mamlakatning atrof muhitni kompleks muhofaza qilishga intilayotganligidan dalolat beradi. GFR Konstitutsiyasi 20a-moddasida ham davlat atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi, bugungi avlod kelajak avlod oldida ma'sul ekanligi uqtirilgan. Italiyada ham atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vazifa davlat zimmasiga yuklangan. Italiya Konstitutsiyasi 9-moddasida (1947 y.) ta'kidlanishicha, “Respublika mamlakat tabiatini muhofaza qiladi”. Hindistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilashga harakat qilishga majbur ekanligini hamda bu har bir Hindiston fuqarosidan talab qilinishini belgilaydi.

Turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy-ekologik normalarining qisqacha tahlili Konstitutsiyada davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda yanada aniqlashtirish hamda qonunni qo‘llash madaniyati ekologik barqaror rivojlanishga imkon berishini yana bir karra tasdiqlaydi. Xuddi shuningdek, qiyosiy tahlil ko‘rsatganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan asosiy ekologik-huquqiy normalar eng ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasiga mos bo‘lib, mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta'minlashga, atrof muhit musaffoligini saqlashga, tabiatni hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Jo‘shqin Badalov