Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati


O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir, unga nisbatan qilingan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.

Shunga ko‘ra, aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilganlik uchun Jinoyat Kodeksining 167-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan.

Aybdorga ishonib topshirib qo‘yilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan mulk deganda – mansab vazifalari yoki shartnomaviy munosabatlarga ko‘ra yoxud maxsus topshiriq munosabati bilan o‘zganing mulkini tasarruf qilish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bo‘yicha qonuniy vakolatlarni amalga oshiruvchi shaxsning egaligida bo‘lgan mulkdir.

Aybdor tomonidan ushbu jinoyat sodir etishning ikki shakli mavjud, ya'ni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish.

O‘zlashtirishda –aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini huquqqa xilof, bepul ushlab qolish va keyinchalik mulkdorga yoki bu mulkning boshqa shaxslarning foydasiga qaratishda ifodalanuvchi, agar aybdor mazkur mulkni hali sarflamagan yoki begonalashtirishni amalga oshirmagan bo‘ladi.

Rastrata qilishda esa - bu aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini mulkdor yoki mulkning boshqa egalariga zarar yetkazgan holda, agar aybdor talon-toroj hodisasi aniqlangan paytiga qadar ko‘rsatilgan mulkni begonalashtirishni amalga oshirib bo‘lgan bo‘lsa, o‘zining foydasiga yoki boshqa shaxslarning foydasiga g‘ayriqonuniy ravishda, tekinga qaratishida ifodalanuvchi talon-tarojning bir shakli hisoblanadi.

Ushbu jinoyatlarni bir-biridan farqlashda muayyan qiyinchiliklar mavjud.

O‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishni o‘zganing mol-mulkini o‘g‘irlashdan farqlashda Jinoyatning sub'ektining talon-taroj qilgan mol—mulkka nisbatan huquqiy vakolatini to‘g‘ri aniqlash zarur.

O‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishda, mulk aybdorga ishonib topshirilgan bo‘lib, uning ixtiyorida turadi va aybdor shaxs mol-mulkni tarqatish, boshqarish, tashish yoki saqlash bo‘yicha huquqiy vaklatlarga ega bo‘ladi.

O‘g‘irlik yo‘li bilan talon-torojni sodir etishda esa, shaxsning talon-toroj qilingan mol-mulkka hyech qanday aloqasi bo‘lmaydi yoxud ishlab chiqarish zarurati, topshirilgan ish munosabati bilan undan foydalanish huquqiga esa bo‘ladi, xolos Bundan tashqari, o‘g‘rilikda mulkdor vakolatlarining uchtasi ham, o‘zlashtirish yoki rastratada esa, faqat ikkitasi, ya'ni mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish vakolatlari buziladi. Egalik qilish vakolatidan esa, sub'ekt qonuniy asoslarda foydalanadi, chunki tegishli mol-mulk unga ishonib topshiriladi.

O‘zlashtirish yoki rastrata qilish va firibgarlik jinoyatining o‘xshash xususiyatlari mavjud, ikkala jinoyatni sodir etishda ham jabrlanuvchi o‘z mulkini jinoyatchiga ixtiyoriy ravishda beradi.

Ikkala holatda ham mulkdor yoki mol-mulk boshqa qonuniy egasining ishonchi suiiste'mol qilinadi.

Ushbu jinoyatlarni o‘rtasidagi farq shundan iboratki, o‘zlashtirish yoki rastratada mol-mulk aybdorga qonuniy asoslarga ko‘ra taqdim etiladi, bunda bitim o‘zining shakli bo‘yicha ham, mazmuni bo‘yicha ham qonuniy tusga ega bo‘ladi, firibgarlikda esa, mol mulk aybdorga aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish natijasida o‘tadi.

Ushbu jinoyat ko‘p miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan,

Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqyeini suiiste'mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa,

Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Agar ushbu jinoyat juda ko‘p miqdorda, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa- Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Jo‘shqin Badalov