Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibini bilasizmi?


Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibini bilasizmi?

 

Meros tushunchasi bu ajdodlardan avlodlarga qolib kelayotgan oʻtmish qoldigʻi, ilmiy, adabiy, madaniy boylikni ham bildiradi.

Meros — marxumdan vorislarga qolgan mulk, marxumning mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar, aqliy faoliyat yaʼni kashfiyotchilik, ixtirochilik va mualliflik natijalariga boʻlgan alohida huquqlar, shuningdek bu huquqlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.

Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrning iltimosiga koʻra unga merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berishi shart.

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.

Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxoʻrlar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                           N. Anarqulova