Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Merosdan voz kechish huquqingizni bilasizmi?


Merosdan voz kechish huquqingizni bilasizmi?

 

Merosʼhoʻr merosdan voz kechish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1147, 1148 va 1149-moddalarida belgilangan boʻlib, merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.

Kodeksga asosan merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi hamda merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.

Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli boʻlib, merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʼi nazar, voz kechishga haqli.

Shuningdek, merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli boʻlib, ushbu hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                   N. Anarqulova