Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Merosni egallash tartibini bilasizmi?


Merosni egallash tartibini bilasizmi?

 

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.

Meros olish uchun natariusga;

Meros qoldiruvchining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;

Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash joyi haqidagi ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma yoxud uy daftaridan koʻchirma;

Meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

Merosxoʻrlarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari agar Familiya, ism va sharifi oʻzgarganda yoki dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;

Merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda oʻlim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;

Meros qoldiruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi yoki ajrashganlik haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma;

Agar merosʼhoʻr oʻzi meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olishda ishtirok etaolmasa merosni qabul qilish uchun ishochnoma;

Merosxoʻrlar meros mulkidagi tegishli ulushdan voz kechgan taqdirda – notarial tartibda tasdiqlangan merosdan voz kechish toʻgʻrisida ariza;

Oʻzini meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb hisoblayotgan shaxs merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berilishini soʻrab murojaat etsa, meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi;

Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun pasport, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va pensiya guvohnomasi hamda zarur boʻlsa boshqa hujjatlar taqdim etish lozim.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                            N. Anarqulova