Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Mehnat qonunchiligida intizomiy jazo chorasi qo’llash tartibini bilasizmi?


Mehnat qonunchiligida intizomiy jazo chorasi qo’llash tartibini bilasizmi?

 

MK 182-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi.

Davomli progulda, nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan 1-kundan emas, balki oxirgi kunidan boshlab hisoblanadi. Chunki progul qilgan xodim ishga qaytib kelganidan keyingina progulning sababi nimadaligi va intizomiy jazo qo'llanilishi mumkinmi yoki yo'qmi ma'lum bo'ladi.

Demak, davomli progulda xodim ishga chiqqan kundan so’ng progulning sababi aniqlanadi, agar haqiqatdan ham progul uzrsiz deb topilsa, intizomiy jazo qo'llash mumkin bo'lgan 1 oylik muddat nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan 1-kundan emas, balki oxirgi kunidan boshlab hisoblanadi.

Аmmo baʼzi hollarda ish beruvchi xodim ishga chiqmasligining haqiqiy sababini aniqlay olmaydi. Masalan, ish beruvchi oʼz vakillarini xodimning uyiga uning ishga chiqmasligi sababini aniqlash uchun yuborishi, ammo u yerda hech kim boʼlmasligi, yoxud uning yaqinlari u qayerdaligini bilmasliklari mumkin.

Bunday vaziyatda korxona vakillari (kamida 2 kishi) ishtirokida ish beruvchi nomiga tegishli dalaolatnomani tuzish, unda bu hujjatni tuzish sanasini, vaqtini va joyini koʼrsatish va imkon boʼlsa, dalolatnomaga ushbu manzilda yashaydigan, vakillar bilan muloqotda boʼlgan balogʼatga yetgan oila aʼzosi imzosini kiritish (tabiiyki, agar u rozi boʼlsa) tavsiya etiladi. Bunday tashrifning natijalarini raport yoki bildirish xati shaklida aks ettirish mumkin.

Shundan keyin ishga kelmayotgan xodimning turar joyi boʼyicha manziliga, u ishda emasligi sabablarini tushuntirib berishi uchun ish joyiga kelishi zarurligi haqida xabarnoma yuborish tavsiya etiladi.

Xodim belgilangan muddatda ishga kelmasa yoki oʼzini oqlovchi hujjatsiz kelsa, ish beruvchi u bilan mehnat shartnomasini quyida maqolada koʼrsatilgan tartibda bekor qilishi mumkin.

 

 

Янгийўл туман адлия бўлими

Юридик хизмат кўрсатиш

Маркази бошлиғи      

С.Джамалов