Янгиликлар
Xodimlar soni qisqarganda kimlarga imtiyoz qo‘llaniladi?
Xodimlar soni qisqarganda kimlarga imtiyoz qo‘llaniladi?
Xodimlar soni yoki shtatining qisqarishi munosabati bilan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish quyidagi shartlar mavjud bo‘lgandagina qonuniy hisoblanadi:
a) xodimlar soni yoki shtati haqiqatda qisqartirilayotgan bo‘lsa, bu holat xodimlar soni yoki shtatini qisqartirish haqidagi buyruq va tashkilot xodimlari soni yoki shtatni qisqartirish yuzasidan chora-tadbirlar boshlanishidan oldin tasdiqlanishi kerak bo‘lgan yangi shtat jadvali bilan tasdiqlanishi shart;
b) yangi shtat jadvali tasdiqlanganidan keyin ish beruvchi xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida xodimlarni kamida 2 oy oldin shaxsan va imzo chektirib ogohlantirishi shart
c) ogohlantirish muddati davomida, xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida 1 kun, shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi beriladi. Xodimni ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, shuningdek uning davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti qo‘shilmaydi
d) ish beruvchi xodimga ixtisosligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishni, bunday ish yo‘q bo‘lsa - korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif qilishi shart. Xodim boshqa ishga o‘tishni rad etganda yoki korxonada tegishli ish bo‘lmasa, xodim ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo‘lmasa
f) mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin.
Xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
1) qaramog‘ida ikki yeki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
2) oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
3) mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
4) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus uquv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo‘yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini, hunar-texnika bilim yurtlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tugatgandan so‘ng mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
5) mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yeki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
6) urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshyuristkonsulti S.Mamatqulov