Янгиликлар
Amaldagi mehnat kodeksiga asosan ish haqidan ushlab qolish miqdori va ushlab qolish tartibi qanday?
Amaldagi mehnat kodeksiga asosan ish haqidan ushlab qolish miqdori va ushlab qolish tartibi qanday?
Amaldagi mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, -sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Xodimning roziligisiz mehnat haqidan ushlab qolinadigan hollar quyidagilar:
1) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
2) ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
3) ish haqi hisobiga, хoʻjalik ehtiyojlariga, хizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga oʻtganligi munosabati bilan berilgan boʻlib, sarf qilinmay qolgan va oʻz vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi хatolar natijasida ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish uchun;
4) ish yili tugamasdan oldindan ta’til olib turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, - ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;
5) хodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori хodimning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmasa;
6) intizomiy jazo sifatida oylikning (MKning 181-moddasi birinchi qismi 2-bandi) 30 foizidan oshmagan jarimani undirish uchun. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ish haqini har gal toʻlash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori хodimga tegishli boʻlgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim (MK 164 m.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim.
Yangiyo`l tumani adliya bo`limi yuridik
xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov
15.02.2023 yil