Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kutubxonalarda Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yoʻnalishi tashkil etiladi


Kutubxonalarda Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yoʻnalishi tashkil etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi Prezident qarori (PQ–46-son, 07.02.2023-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan professional va oliy taʼlim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslar joriy etiladi.

2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy taʼlim tashkilotlarining aniq roʻyxati shakllantiriladi.

2023-yil 1-iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlovi oʻtkazib boriladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.

2023-yil 1-maydan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik boʻyicha oʻquv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.

Qarorga koʻra shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yoʻnalishi tashkil etiladi.

2023-yildan Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishi taʼminlanadi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi B.Fozilbekov