Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Aholi punktlarida transportni harakatlanish tezligi tushuriladi


Aholi punktlarida transportni harakatlanish tezligi tushuriladi

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, quyidagilar belgilanmoqda:

- 2023-yil 1-iyundan respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi.

- 2023-yil 1-sentyabrdan transport vositasining mulkdoriga transportni boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan tegishli hujjatni taqdim etgan holda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini transportni boshqarish huquqi oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.

Bunda, xabarnoma olingan kundan vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transportda sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi F.Nazarov